АGENTLIK HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 martdagi «Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-5696-son Farmoni va «O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil yetish to‘g‘risida» PQ-4254-son qaroriga muvofiq tashkil yetilgan.

Quyidagilar agentlikning asosiy vazifalari sifatida belgilangan: 

  • chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish, sun’iy urug‘lantirishni tashkil etish, naslchilik-seleksiya ishlarini takomillashtirish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash;
  • chorvachilikda sof genofondni saqlab qolish va rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan naslchilik-seleksiya dasturlarini amaliyotga tatbiq etish va muvofiqlashtirish;
  • chorvachilikda nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini yaxshilash maqsadida naslchilik resurslarini yaratish, saqlash, takror ko‘paytirish va ulardan oqilona foydalanish;
  • ozuqabop ekinlarni yetishtirish uchun ajratilgan yer uchastkalarida ushbu ekinlar yetishtirilishini monitoring qilish;
  • parrandachilik va quyonchilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini izchil amalga oshirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda narxlar monitoringini yuritish;
  • parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini sotish bozorlarini kengaytirish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, mahsulotlar narxlari shakllanishining maqbul mexanizmini belgilash bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
  • parranda va quyonlar uchun to‘la qiymatli, yuqori oqsilli oziqalar ishlab chiqarish uchun yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish yo‘li bilan parrandachilik va quyonchilik tarmog‘ining ozuqa bazasini mustahkamlash;
  • parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sohasida ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish.
  • chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish, sun’iy urug‘lantirishni tashkil etish, naslchilik-seleksiya ishlarini takomillashtirish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash sohasida:
  • chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va chorvachilikning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash sohasiga doir tarmoq dasturlari, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi;
  • chorvachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan tarmoq dasturlari, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning ijrosini vakolatlari doirasida tashkil etadi;
  • chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va chorvachilikning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish hamda naslchilik ishlarini takomillashtirish bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtiradi, shuningdek ichki va tashqi bozorlar ehtiyojidan kelib chiqib, chorvachilik tarmoqlarini uzoq muddatli ilmiy-texnologik, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish konsepsiyasi va dasturlarini ishlab chiqadi;
  • mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha yo‘nalishdagi chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi subyektlarga zamonaviy texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni tatbiq etadi;
  • chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlash uchun zamonaviy va innovatsion texnologiyalardan foydalanish, shuningdek naslchilik ishlarini takomillashtirish orqali chorva mollari mahsuldorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi hamda rahbariyatga taqdim etadi;
  • xorijiy davlatlardagi chorva mollarini oziqlantirish va naslchilik ishiga oid ilg‘or tajribalarni o‘rganib boradi hamda ilm-fan yutuqlarini va o‘rganilgan tajribalarni amaliyotga keng ko‘lamda joriy etish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;
  • asosiy, takroriy va oraliq ozuqabop ekinlarini ekish uchun urug‘lik bilan ta’minlashda ozuqabop ekinlar va yaylov urug‘chiligi tizimini muvofiqlashtiradi, ozuqabop ekinlar yetishtirish agrotexnikasi va chorvachilik tarmoqlaridagi chorva mollarini oziqlantirishning samarali uslublarini va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qiladi;
  • chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish sohasiga oid O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, hujjatlari, majlis bayonlari, Qo‘mita buyruqlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida tizim tashkilotlarida belgilangan tadbirlarni bajarilishini muvofiqlashtiradi va ularni monitoringini yuritadi;
  • chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, shuningdek, chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlash bilan bog‘liq ishlarni tashkil etadi, mahsulotlar ishlab chiqarish prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi;
  • chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va chorvachilikning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilash, mavjud muammolar sabablarini o‘rganish hamda bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
  • ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalarining sohani rivojlantirish borasidagi dolzarb mavzularini belgilash, zamonaviy ilmiy ishlanmalar, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalari, ilmiy-texnologik ishlanmalarini, shuningdek, ilg‘or xorijiy texnologiyalar va tajribalarni o‘rganish, targ‘ib qilish va ishlab chiqarishga joriy qilish ishlarini muvofiqlashtiradi;
  • chorva mollarini sun’iy urug‘lantirish va ularni takror ko‘paytirish, nasldorlik va mahsuldorlik sifat ko‘rsatgichlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘llanmalar va uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqadi;
  • identifikatsiya qilingan chorva hayvonlarini yagona ma’lumotlar bazasini yuritadi hamda identifikatsiya qilingan hayvonlarni hisobga qo‘yilishini va hisobdan chiqarilishini monitoring qiladi;
  • chorva hayvonlarining nasldorlik va mahsuldorlik sifat ko‘rsatgichlarini yaxshilash uchun naslli mahsulotlarning resurslarini yaratish, saqlash, takror ko‘paytirish va ulardan oqilona foydalanishni tashkil etadi;
  • aholi qaramog‘idagi chorva hayvonlarini identifikatsiya qilishning afzalliklari va mohiyati to‘g‘risida tushuntirish hamda targ‘ibot ishlarini olib boradi;
  • yetakchi xorijiy davlatlardagi ilmiy-tadqiqot hamda ta’lim muassasalarida chorvachilik tarmoqlari va naslchilik subyektlaridagi kadrlarning malakasini oshirish choralarini ko‘radi;
  • b) chorvachilikda sof genofondni saqlab qolish va rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan naslchilik-seleksiya dasturlarini amaliyotga tatbiq etish va muvofiqlashtirish sohasida:
  • istiqbolli seleksiya naslchilik ishi dasturlarini va chorva hayvonlarini juftlash rejalarini ishlab chiqadi hamda ularning bajarilishi bo‘yicha monitoring yuritadi;
  • naslchilik ishlarini, shuningdek chorva hayvonlarini sun’iy urug‘lantirish va qoramollarni zoti bo‘yicha rayonlashtirishni tashkil etadi;
  • Hududiy markazlar, “O‘zzoovetta’minotxizmat” davlat unitar korxonasi va “O’znaslchilik” davlat korxonasi hamda naslchilik subyektlari orqali fermer xo‘jaliklari va aholi xonadonlariga nasldor hayvonlar yetkazib berishni tashkil etadi;
  • jahon genofondiga xos yuqori mahsuldor nasldor hayvonlarning genofondlaridan samarali foydalanishni joriy etish, xo‘jalik foydali belgilari yuqori bo‘lgan hayvonlarni chetdan keltirish va ulardan naslchilik ishlarida samarali foydalanishni tashkil etadi;
  • respublikadagi mavjud genofondni saqlab qolish va uni ko‘paytirish choralarini ko‘radi;
  • ilg‘or naslchilik xo‘jaliklari ish faoliyatini targ‘ib qilishda ommaviy axborot vositalaridan keng foydalanib, seminarlar va ko‘rgazmalar tashkil etadi;
  • yuqori mahsuldor nasldor buqachalarni parvarishlash, ularni baholash va tanlash asosida, seleksiya-naslchilik ishlarida va chorva mollarini sun’iy urug‘lantirishda keng foydalanishni tashkil etadi;
  • yuqori mahsuldor (rekordist) sigirlardan embrion ko‘chirib o‘tkazishda hamda sigirlarni sun’iy urug‘lantirishda zamonaviy seleksiya usullaridan foydalanadi;
  • naslchilik xo‘jaligi maqomini berish ishlarini tashkil etadi, shuningdek naslchilik zavodi, naslchilik xo‘jaligi va naslchilik fermalarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazadi;
  • yuqori mahsuldor mollar kataloglari, byulletenlari va davlat naslchilik kitoblarini shakllantiradi va nashr qilishni tashkil etadi;
  • chorvachilik tarmoqlari va naslchilik ishi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiradi;
  • v) chorvachilikda nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini yaxshilash maqsadida naslchilik resurslarini yaratish, saqlash, takror ko‘paytirish va ulardan oqilona foydalanish sohasida:
  • chorva mollari va parrandalar bosh soni, asalari uyalari sonini oshirish, mahsulotlar yetishtirish, mahsuldorlikni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, zamonaviy texnologiyalar asosida chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashni amaliyotga joriy qilish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish maqsadida marketing tadqiqotlarini olib boradi;
  • dehqon va fermer xo‘jaliklarida, aholi tomorqalarida chorva mollari bosh sonlarini ko‘paytirish, ularning naslini yaxshilash va mahsuldorligini oshirish, ozuqaga bo‘lgan talabini ta’minlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;
  • dehqon va fermer xo‘jaliklari, aholi tomorqalarida baliq va baliq mahsulotlari ishlab chiqarishda intensiv texnologiyalarni keng ko‘lamda joriy etish ishlarini muvofiqlashtiradi;
  • xorijdan keltirilib mahalliy sharoitga moslashgan istiqbolli baliq turlarini parvarishlashni yo‘lga qo‘yishda va ilg‘or innovatsion loyihalarni bajarish orqali turli assortimentdagi baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, shuningdek, ularni ozuqa bilan ta’minlash tadbirlarida tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashadi;
  • seleksiya yutug‘i ekspertizasi va sinovini belgilangan tartibda o‘tkazadi;
  • naslchilik mahsuloti (materiali)ga belgilangan tartibda sertifikat beradi;
  • nasldor chorva mollari yetishtiruvchi chet el tashkilotlari bilan o‘z vakolati doirasida shartnomalar tuzadi;
  • naslchilik xizmati mutaxassislari malakasini oshirish va nasldor hayvonlarning ko‘rgazmalarini tashkil etadi;
  • naslchilik ishlarida foydalaniladigan texnologiya va asbob-uskunalarni ishlab chiqarish va import qilishda ishtirok etadi;
  • fermerlar va dehqon xo‘jaliklaridagi chorva mollariga naslchilik xizmati ko‘rsatishni tashkil etadi;
  • g) ozuqabop ekinlarni yetishtirish uchun ajratilgan yer uchastkalarida ushbu ekinlar yetishtirilishini monitoring qilish sohasida:
  • asosiy, takroriy va oraliq ozuqabop ekinlarini ilmiy asosda joylashtirish, madaniy yaylovlarni barpo etish bo‘yicha takliflarni tayyorlash, Qorqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarni ozuqabop ekinlar urug‘liklari, yoqilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalarga bo‘lgan talabini aniqlash, shuningdek, ozuqa ekinlarini navlar va turlar bo‘yicha joylashtirilishi, ekilishi va yetishtirilishini monitoringini tashkil etadi;
  • asosiy, takroriy va oraliq ozuqabop ekinlari hamda yaylov o‘tlari urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish va urug‘likka bo‘lgan talabni to‘liq ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi.
  • tuman hokimliklari bilan ozuqa ekinlari uchun ajratilgan yer maydonlariga ozuqabop ekinlarni joylashtirilishini kelishadi;
  • chorvachilik xo‘jaliklaridagi shartli mol bosh soniga nisbatan yer maydonlarini ajratilishi va ulardan samarali foydalanishni monitoringini amalga oshiradi;
  • paxta va g‘alla ekin maydonlarida almashlab ekishni joriy qilishda chorva ozuqasi uchun ekilishi belgilangan bedani to‘liq ekilishini hamda yetishtiriladigan hosilni chorvachilik xo‘jaliklari va aholiga tizimli yetkazilishini monitoring qiladi;
  • d) parrandachilik va quyonchilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini izchil amalga oshirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda narxlar monitoringini yuritish sohasida:
  • parrandachilik va quyonchilik tarmoqlarini rivojlantirishga doir dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
  • parranda va quyonlarni parvarishlash texnologiyalari bo‘yicha xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda tahliliy ishlarni amalga oshiradi;
  • eksport qilish qoidalari (shartlari) bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
  • eksport masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalar va bitimlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi hamda sohadagi tadbirkorlarni boshqa kompaniyalar bilan xalqaro hamkorligini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
  • ichki va tashqi bozlarning holati va mahsulotga bo‘lgan talabini tahlil qiladi va monitoringini yuritadi;
  • parrandachilik va quyonchilik sohasida tezkor onlayn-monitoring yuritish bo‘yicha integratsiyalashtirilgan axborot tizimini shakllantiradi va yuritadi;
  • e) parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini sotish bozorlarini kengaytirish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, mahsulotlar narxlari shakllanishining maqbul mexanizmini belgilash bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish sohasida:
  • aholi o‘rtasida parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarining iste’mol darajasini oshirish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi;
  • ommaviy axborot vositalarida mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan ijtimoiy tusdagi, shu jumladan, parranda va quyon go‘shtining foydali tomonlari, parranda va quyon boqish afzalliklari haqidagi ma’lumotlarni yoritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
  • mahsulotlarni sotish bozorlarini kengaytirish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini amalga oshiradi;
  • mahsulotlar narxlari shakllanishining maqbul mexanizmini belgilash bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;
  • xalqaro darajadagi ekspertlar va mutaxassislar bilan hamkorlikda mahsulotlarni sotish bozorlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;
  • raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha loyihalarni tashkil etish orqali eksport salohiyatini oshirish, bozor konyunkturasi bo‘yicha chuqur marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, xorijiy investitsiyalar va beg‘araz texnik ko‘mak mablag‘larini (grantlar) jalb qilish choralarini ko‘radi;
  • j) parranda va quyonlar uchun to‘la qiymatli, yuqori oqsilli ozuqalar ishlab chiqarish uchun yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish yo‘li bilan parrandachilik va quyonchilik tarmog‘ining ozuqa bazasini mustahkamlash sohasida:
  • parranda va quyonlarni to‘la qiymatli oziqlantirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;
  • ozuqa yem tayyorlashni ko‘paytirish bo‘yicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tadbirkorlarga yetkazadi;
  • parrandachilik va quyonchilik tarmog‘i ozuqa bazasini mustahkamlash sohasida intensiv texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganadi;
  • chet davlatlardan sifatli ozuqalar va ularning qo‘shimchalari keltirishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni tashkil etadi;
  • z) parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sohasida ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish sohasida:
  • agentlik mutaxassislarini va ishlab chiqarish sohasidagi mutaxassislarni tegishli malaka oshirish kurslariga, shu jumladan, xorijga yuborish orqali qayta tayyorlash bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etadi;
  • innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli tahliliy, ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;
  • innovatsion texnologiyalar rivojlanishining jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda, ilmiy-tadqiqotlar va eksperimental ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
  • parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida yangi loyihalarni ishlab chiqadi.